alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI TALABALAR TURAR JOYIDA TASHKIL QILINGAN TO‘GARAKLAR A’ZOLARI BILAN UCHRASHDI

23:07 31.05.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Talabalar turar joyida tashkil qilingan to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi.

Talaba-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ularni oilaga tayyorlash, hunar o‘rgatish maqsadida “Qizlarjon klubi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, klub doirasida chevarlik, pazzandalik, to‘quvchilik kabi hunarlar malakali ustozlar tomonidan qizlarga o‘rgatilib kelinmoqda.

Sport to‘garaklari esa talaba-yoshlarni jismonan chiniqib, o‘zlari yoqtirgan sport turi bilan shug‘ullanish va musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatini bermoqda. Institut rektori to‘garaklarda qatnashayotgan talabalar bilan suhbatlashib, ularning yana qaysi turdagi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yish, ular uchun kerakli jihozlar haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Talabalar tomonidan aytilgan takliflar yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi. Iqtidorli talabalarimiz tomonidan tashkil qilingan kechki konsert dasturi barchaga yoqimli hordiq onlarini ulashdi.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!