INSTITUT REKTORI XALQARO TIBBIYOT KONGRESSIDA TASHAKKURNOMA BILAN TAQDIRLANDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI XALQARO TIBBIYOT KONGRESSIDA TASHAKKURNOMA BILAN TAQDIRLANDI

16:16 08.05.2025

Joriy yilning 8-11-may kunlari Ozarbayjon davlatining Boku shahrida Ozarbayjon kam invaziv jarrohlar jamiyati tomonidan Ozarbayjon – O‘zbekiston – Germaniya – Turkiya tibbiyot kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov, institut Simulyatsion o‘quv markazi rahbari U.Usmonov ham ishtirok etmoqda.

Kongressning tantanali ochilish marosimida rektor M.Madazimov so‘zga chiqib, ushbu kongress tibbiyot sohasining qator mamlakatlardagi vakillarini bir joyga jamlagan holda ularning fikr almashishlari hamda o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga imkon yaratganini ta’kidlab o‘tdi.

Tantanali ochilish marosimida institut rektori M.Madazimovga O‘zbekiston-Ozarbayjon davlatlarining tibbiyot sohasidagi hamkorliklarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Skip to content