alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Institut va maktab hamkorligi

10:47 19.10.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev raisligida 2019-yil 23-avgust kuni «Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti kafedralarining professor-o‘qituvchilari stomatologiya fakulteti dekani D.SH.Tulanov hamda dekan o‘rinbosarlari boshchiligida umumta’lim maktablarida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda pedagog-xodimlarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Buloqboshi tumanidagi maktab va DIMIlarga tashrif  buyurmoqdalar.

Tashrif  davomida maktablardagi shart-sharoitlar bilan tanishdi, sinflarga tashrif buyurib o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqotlar olib bordi va suhbat davomida o‘quvchilarni qiziqtirgan  savollariga  javob berdi. Shuningdek, o’quvchilar qalbida o’qishga, ilm olishga, ustozga hurmat mavzulariga oid seminar-treninglar olib bordi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!