alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Institut xodimlari sport-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqdalar

15:23 12.02.2019

Institut  rektorining  2019- yil 6- fevraldagi  Andijon davlat tibbiyot  institutida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida  sport-sog‘lomlashtirish  ishlarini samarali  tashkil  etish bo‘yicha  jadvaliga  binoan,  joriy yil   11- fevral  kuni  VMO va qayta tayyorlash,  davolash va  pediatriya   fakultetlariga qarashli kafedralarning professor-o‘qituvchilari  reabilitologiya  va jismoniy tarbiya  kafedrasining  sport  zaliga  tashrif  buyurdilar.


Shu kuni  ular  sportning  shaxmat- shashka, stol  tennisi  va basketbol turlari  bilan shug‘ullanishib, o‘zlarining  bo‘sh  vaqtlarini  maroqli o‘tkazdilar.


Professor-o‘qituvchilar va xodimlarning jismoniy tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish  mashg‘ulotlardagi faolligi  kundan kunga oshib bormoqda.Ular jismoniy mashqlarni zo‘r ishtiyoq  bilan  bajarmoqdalar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!