alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT XODIMLARI VA DAVOLASH FAKULTETI TALABALARI TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTKAZILDI

19:39 20.05.2022

Xabaringiz bor, Davolash fakultetining talabalari va institut xodimlari 16 turdagi mutaxassisliklardan iborat 28 nafar professor-oʻqituvchilar tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmoqda. Mazkur koʻrikda besh kun davomida 4071 nafardan ortiq talabalar ishtirok etdi. Shifokorlar tomonidan ularga kerakli maslahat va tavsiyalar berildi. Shuningdek, flyuorografiya, UTT, EKG va laborator tekshiruvlari ham olib borildi.

Tibbiy koʻriklar davom etadi. Navbatdagi tekshiruvlar Pediatriya fakultetining talabalari va xodimlari uchun oʻtkaziladi.