alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT XOTIN-QIZLАR MАSLАHАT KENGАSHIGА YANGI RАIS SАYLАNDI

16:09 06.05.2021

Ilmiy kengashlar zalida institut Xotin-qizlar maslahat kengashining navbatdagi yigʼilishi oʼtkazildi. Unda Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor M. Botirov hamda institutning ayol xodimalari ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi masalalar avvalida Xotin-qizlar maslahat kengashining raisi M. Joʼrayevaning olib borgan faoliyati yuzasidan hisoboti tinglandi.

Soʼng yopiq ovoz berish orqali Xotin-qizlar maslahat kengashi raisligiga nomzodlarni saylash, ochiq ovoz berish orqali “Olima ayollar” uyushmasi raisini saylash hamda Xotin-qizlar maslahat kengashi aʼzolarini saylash jarayoni amalga oshirildi.

Saylov natijalarini hisoblash komissiyasi aʼzolari tomonidan saylov natijalari odilona olib borildi va komissiya aʼzosi, Oʼzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri M. Qoʼziboyeva saylov natijasini eʼlon qildi.

Unga koʼra 96 foiz ovozga ega boʼlgan Gulhayo Xolmatova institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, Xotin-qizlar masalalari boʼyicha rektor maslahatchisi etib saylandi.