INSTITUTDA INTELLEKTUAL MULK SOHASI BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA INTELLEKTUAL MULK SOHASI BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

16:59 11.02.2025

Bugun, 11-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi”  davlat muassasasi hamkorligida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” rahbari B.Sagdullayev, markazning texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati rahbari S.Raxmanov, markazning tashkiliy nazorat va ish faoliyatini tashkil etish bosh maslahatchisi J.Shamshetov ishtirok etdi.

Mazkur seminar 2022 – 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan strategiyaga muvofiq Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Unda yangi ixtirolar yaratish, ularga patent olish, intellektual mulkni himoyalash va uning muddatlari haqida mutaxassislar batafsil ma’lumot berdi. Tadbir qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Skip to content