Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA “MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASI DOIRASIDA TADBIRLAR O‘TKAZILDI

20:31 24.10.2024

Bugun, 24-oktabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida talabalarni kitob mutolaasiga jalb qilish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari: Sayfiddin Rafiddinov, Abdujabbor Obidov, Abdulla Ayizov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mehmonlar «Andijon polkasi» raqsi bilan tantanali kutib olindi. Ular dastlab, institut fakultetlarining erishgan yutuqlari,  talabalarning yaratgan ixtirolari, simulyatsion jihozlar yordamida bajarilgan mahorat mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishdi. Yoshlarning shijoati va intiluvchanligini alohida e’tirof etib hamda ularning kelajakdagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyat tiladilar.

Shundan so‘ng, ijodkorlar va yoshlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, Iqtisod fanlari doktori, professor, “Shabnamdek pok muhabbat”, “Daraxt gullab topar e’tibor” she’riy to‘plam hamda “Buyuk SHOSH yoxud koʻhna TOSHKAND devori” tarixiy romanlari kabi ko‘plab asarlar muallifi Abdujabbor Obidov, adabiyotshunos, Filologiya fanlari nomzodi, Xalqaro “Antik dunyo” ilmiy akademiyasi faxriy professori Sayfiddin Rafiddinov, OʻzMTRKning “Oʻzbekiston” teleradiokanalida faoliyat yuritayotgan ijodkor, “Muborak ovozlar”, “Qashqadaryo bayozi”, “Zumrad voha nasimlari” to‘plamlari muallifi Abdulla Ayizov o’zlarining ijodiy faoliyati haqida so‘z yuritdi. Hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Talabalar mehmonlarning she’rlaridan namunalar o‘qidilar. Badiiy asarlari haqida ma’lumotlar taqdim etdilar. Uchrashuvda ijodkorlar o‘z kitoblaridan  talabalarga esdalik sovg‘asi sifatida taqdim etdilar. Badiiy kechada talabalarning ham fikrlari, ijod namunalari tinglandi va ijodkorlarga institut rektorining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Loyiha doirasida ijodkorlar hamda institutning talaba-yoshlari ishtirokida ko‘chat ekish marosimi bo‘lib o‘tdi. Nihollar do‘stlik va hamjihatlik ramzi sifatida institut hovlisidan joy oldi.

Shundan so‘ng, Xo‘jaobod tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda Izboskan tumanidagi 43-umumta’lim maktabi, Marhamat tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabida o‘quvchilar bilan muloqot o‘tkazildi.

Ijodiy uchrashuvga institning Talabalar turar joyida o‘tkazilgan muloqot yakun yasadi.

Oqshomning go’zal pallasida tashkil etilgan ochiq muloqotda ijodkorlarning ibratli, shu bilan birga mashaqqatli va mazmunli hayot yo‘li, ijodi, she’riy to’plamlari, asarlari haqida batafsil so‘z bordi. Ijod namunalaridan parchalar, she’rlar o‘qildi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!