alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA “REFERENDUM VA YOSHLAR” MAVZUSIDA TARG‘IBOT TADBIRI TASHKIL QILINDI

14:31 24.03.2023

Andijon davlat tibbiyot institutida “Referendum va yoshlar” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi Andijon viloyati Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Xurshida Xalilova, partiya faollari, institut Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduhalimov, fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.

 

 

Tadbirda so‘z olganlar joriy yilning 30-aprel kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Referendumi, uning o‘tkazilish jarayonlari haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, talabalarga bosh qomusimizni  yangi tahriridagi o‘zgarishlar, undagi asosiy yangiliklar, insonning  huquq va erkinliklariga eʼtibor,  taʼlim olish  huquqi va  imkoniyatlari  kengaytirilayotganligi  haqida maʼlumotlar berdilar.

Talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!