
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 20-iyunda kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 32-son bayoni va “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 9-iyuldagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida “Registrator ofisi”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 24-son qo‘shma qaroriga asosan Andijon davlat tibbiyot institutida «Registrator ofisi» faoliyati tashkil etilgan.
«Registrator ofisi» faoliyatining asosiy maqsadi xizmatlarini talabalarga bir joydan turib tezkor, samarali va shaffof tarzda amalga oshirishdan iborat. Shuningdek, unda qator yo‘nalishlar boʻyicha xizmat koʻrsatish bishlari amalga oshiriladi.
Jumladan, ilmiy va innovatsion faoliyat to‘g‘risida xizmat koʻrsatish, xalqaro aloqalar va akademik mobillik to‘g‘risida xizmat koʻrsatish, marketing va amaliyotlarni tashkil etish hamda buxgalteriya boʻyicha xizmat koʻrsatish, maʼlumotlar bazasi boʻlimi, statistik maʼlumotlarni yuritish bo‘yicha, oʻquv jarayonini muvofiqlashtirish bo‘yicha, talabalar hujjatlarini yuritish va saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilmoqda.
Bugungi kunda institut talabalariga «Registrator ofisi» xodimlari tomonidan ushbu yo’nalishlar doirasida ko‘mak berib kelinmoqda.