alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTIMIZ XODIMALARI “BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARIGA ERISHISHDA XOTIN-QIZLARNING ROLI” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANDA ISHTIROK ETDI

21:46 25.11.2022

Toshkent shahrida Oʻzbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi, OWSD Markaziy Osiyo boʻlimi, YuNESKOning Toshkentdagi vakolatxonsi hamkorligida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda xotin-qizlarning roli” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman va Oʻzbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasining 30 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirlarda Andijon davlat tibbiyot institutining Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi, Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi assistenti G.Xolmatova, Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi mudiri D.Mamarasulova, «Bolalar pediatriyasi» kafedrasi dotsenti H.Xankeldiyeva, Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining Neonatologiya, endokrinologiya, nevrologiya, psixiatriya kafedrasi mudiri D.Ergashbayeva ishtirok etdi.

Anjumanda barcha ishtirokchilar qatori G.Xolmatova «Qandli diabet 2-turi hamda sil xastaligi bilan ogʻrigan bemorlarning klinik-demografik va rentgenologik hususiyatlari», D.Ergashboyeva esa «Sogʻlom bolalar va oʻsmirlarda anemiyaning hususiyatlari» mavzusida maʼruza olib bordilar. Quvonarlisi, mazkur tadbirlarda G.Xolmatovaning mavzusi “Eng yaxshi maʼruza” deb topilib, faxrli 3-oʻrin bilan taqdirlandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!