alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTIMIZDA OLIY TA’LIM MUASSASA KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

16:11 10.03.2021

Andijon davlat tibbiyot institutida oliy ta’lim muassasa kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda institutimiz rektori, prorektorlar, fakultet dekanlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.

Yig‘ilish avvalida institutimiz rektori M. Madazimov o‘qish jaroyonida talabalar faolligini oshirish, mart oyida rejalashtirilayotgan ishlar xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Shundan so‘ng Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha v.v.b. prorektor A. Abduhalimovning “Ijarada va talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish”, Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor G‘. Xojimatovning “Institutda bo‘lib o‘tadigan “Profilaktik tibbiyotda yuqori innovatsion texnologiyalarni qo‘llash”, “Innovatsion yarmarka” hamda “Yosh olimlar respublika video-konferensiyalari  haqida ma’lumot” Pediatriya va davolash fakulteti dekanlarining “Pediatriya va davolash fakultetlarida kommunikatsiya va yangi pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayonida qo‘llanilishi. Kafedralarda chet tilida mashg‘ulotlarni tashkil qilinishi” kabi mavzularda ma’ruzalari tinglandi.

Yig‘ilish davomida Ilmiy kengash kotibi lavozimida uzoq yillar ishlab kelgan Hidoyat Husanova, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi Mehrinoz Komilova, joriy yilning 25-fevral kuni bo‘lib o‘tgan Anatomiya fanidan onlayn olimpiadada faxrli 3-o‘rinni egallagan institutimizning “Ibn Sino avlodlari” jamoasi institutimiz tomonidan munosib taqdirlandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!