alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTNING YOSH VOLONTYORLARI XONOBOD SHAHRIDA

17:38 23.06.2020

O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi Andijon davlat tibbiyot instituti boshlang’ich tashkilotining “Yosh volontyor”lar jamoasi 23-iyun kuni Andijon viloyati Xonobod shahriga sog’lom turmush tarzini targ’ibot ishlarini o’tkazish maqsadida tashrif buyurdilar.


Xonobod shahrining Istiqlol, Anhor, Bog’i-behisht maxallalaridagi aholi bilan sog’lom turmush tarzini, zararli odatlarni, immunitetni mustahkamlashni, salomatlik uchun 5000 qadam aksiyasida faol ishtirok etish kabi mavzularda targ’ibot o’tkazildi hamda aholiga mevalar va sabzavotlarning foydali xususiyatlari aks etgan bukletlar tarqatildi.


Aholi o’rtasidagi targ’ibot davomida nafaqat sog’lom turmush tarzi, balki aholi o’rtasida birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatish usullari ham tushuntirildi.


Shu tariqa Xonobod shahri aholisi Andijon davlat tibbiyot instituti volontyorlaridan mamnun bo’lib, shunday targ’ibot ishlarini ko’p marotaba o’tkazishni ta’kidladilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!