(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Integral ma’ruza tashkil qilindi

19:40 18.12.2020

Inson hayoti axborotlar bilan chambarchas  bog’liq.  Insonning har bir harakati axborot olish va uzatish yoki undan foydalanish,uni o’rganish, o’zlashtirish, saqlash va boyitishdan iborat. Shuning uchun ham hozirgi insoniyat sivilizatsiyasi axborot sivilizatsiyasi deb ataladi. XXI asrni ham bejizga axborot asri deb atashmagan.

Ta’lim texnologiyasi axborotlarni o’zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog’liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o’rgatish jarayonidan iborat. Aniq ilmiy loyihalashtirilgan, samarali natijani kafolatlovchi, takrorlana oluvchi, ma’lum vaqt va shart- sharoitlarda tashkil etiluvchi pedagogik harakatlar tizimidir.

Andijon davlat tibbiyot instituti Kasbiy ta’limi yo’nalishi IV kurs talabalari uchun “Ta’lim texnologiyalari” fanidan “Masofaviy o’qitish teхnologiyalari” mavzusida integral ma’ruza tashkil qilindi. Integral ma’ruzani biofizik,  informatika va tibbiy texnologiyalar kafedrasi katta o’qituvchisi H.Xudoyberdiyeva va o’zbek tili kafedrasi mudiri M.Qo’ziboyeva tashkil qildilar.

Ma’ruzada masofaviy ta’limning o’ziga xos xususiyatlari, moodul ta’lim tizimi, onlayn o’qishga qo’yiladigan talablar haqida ma’lumotlar berildi. Kompyuter savodxonligiga erishish uchun talabalarga qo’yiladigan pedagogik talablar atroflicha tahlil qilindi.
Integral ma’ruza talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Z.Rahmatova

O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o’qituvchisi