alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INTIZOM, MAS’ULIYAT VA FIDOYILIK BILAN VAZIYATDAN CHIQAMIZ

10:33 10.07.2020

O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat murakkablashgani sababli karantin choralari kuchaytirildi. Ushbu tartib respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 10 iyuldan 1 avgustgacha bo‘lgan muddatda amal qilinadi.
Mazkur davrda Andijonda qo‘llaniladigan choralar, faoliyat yuritish tartibi xususida viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov yana bir bor izoh va topshiriqlar berdi.



Joriy yilning 30 iyun kuniga viloyatda mazkur xastalikdan so‘nggi 38 nafar bemor davolanayotgan edi. Afsuski, aholi tomonidan beparvolik, karantin va shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etmaslik oqibatida o‘tgan 9 kunda virus yuqtirib olish holatlari keskin ortdi. Belgilangan miqdordan ziyod mehmon kutib to‘y qilish, ijtimoiy masofani saqlamaslik, tibbiy niqobsiz yurish, kasallik alomatlari sezilganda vrachga murojaat qilmaslik natijasida viloyat shahar va tumanlari to‘laligicha sariq hududga kiritildi.
Shu bilan birga joriy qilinayotgan cheklovlar hayot to‘xtab qoldi, degani emas. Viloyatning iyul oyiga belgilangan 180 milliard so‘m hajmidagi byudjet tushumlarin bajarish zaruratini hisobga olsak, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari karantin qoidalariga to‘liq va qat’iy amal qilgan holda faoliyatini davom ettirishi lozim. Mazkur tartib-taomil dehqon bozorlariga ham taalluqli. Narx-navoning asossiz ortib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Garchi koronavirus infeksiyasi havo yo‘li bilan yuqsada, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, aholisi zich joylashgan Andijon sharoitida infeksiya maishiy muloqot yo‘li bilan yuqayotgani kuzatilmoqda. SHu bois har bir fuqaro avvalo o‘zini, oilasini, mehnat jamoasini bu balodan asrashga burchlidir. Unutsmaslik kerakki, har ikki soatda almashtirib foydalanilgan tibbiy niqob yuqish xavfini 85-90 foizga kamaytiradi.
Viloyat hokimi barcha andijonliklar qat’iy intizom va tartib asosida mas’uliyat bilan mehnat qilib, bugungi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishlariga ishonch bildirdi.

«auz.uz» online guruhi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!