alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«Investitsiya kuni» tadbirlari yo’lga qo’yilmoqda

18:31 11.07.2019

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2019- yil 26- aprelda  kengaytirilgan tarzda o’tkazilgan  videoselektor  majlisida  qo’yilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida  Oliy va o’rta maxsus ta’lim  vazirining joriy yil 19- iyundagi № 544 sonli “Investitsiya kuni” tadbirlarini tashkil etish tog’risidagi buyrug’i  ishlab chiqilgan bo’lib, shu asosida   oliy ta’lim muassasalari rektorlariga muhim vazifalar yuklatilgan edi.
    Bu borada Andijon davlat tibbiyot instituti  rektorining ham buyrug’i ishlab chiqildi. Buyruqqa asosan, institutda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirildi. Jumladan, institutda to’g’ridan–to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb  qilish  bo’yicha “Yo’l xaritasi” ishlab chiqildi.  Haftaning har chorshanba kuni  institutda  ta’limga,  ilmiy-tadqiqot va davolash ishlariga yo’naltirilgan   investitsiya  ishlarini joriy etish uchun xorijiy investorlarni jalb qilish bo’yicha “Investitsiya kuni”deb e’lon qilindi.
        Bugungi kunda institutda xorijiy talabalarni jalb etish maqsadida   xalqaro hamkorlik  bo’limi  tomonidan  yangi-yangi  shartnoma va memorandumlar imzolash ishlari yo’lga qo’yilmoqda.
       Jumladan, 2018-2019 o’quv yilida Andijon davlat tibbiyot instituti, Andijon mashinasozlik instituti, Janubiy Koreyaning Tegu universiteti hamda Portugaliyaning Setubal politexnika  universitetlari  o’zaro hamkorlikda  tibbiyot injeneriyasi  bo’yicha institutlararo  qo’shma magistrlik dasturi asosida ish tashkil etilib, o’quv mashg’ulotlari yo’lga qo’yildi. Mazkur yo’nalishda  mutaxassislar tayyorlanmoqda

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!