ADTIga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni kiritish va investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida istiqbolli rejalar amalga oshirilmoqda. 2019-yil 24-iyul kuni mas’ullar ishtirokida bu boradagi ishlar sarhisob qilindi.
Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda filial va q’o’shma fakultet tashkil etilib, buning uchun o’quv jarayonini tashkil etish yuzasidan jiddiy tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Avvalo buning uchun o’quv baza, 2 ta simulyatsion o’quv xonalari va zamonaviy talabalar turar joyi tayyorlab qo’yildi. Mazkur qurilish-ta’mirlash ishlariga 370.0 mln. so’m mablag’ sarflandi. Yangi o’quv yilidan talabalar qabul qilish va o’qitish ishlari amalga oshiriladi.
Institutda xalqaro hamkorlik bo’limi tomonidan ta’lim almashinuvi dasturlari orqali xorijiy talabalarni jalb qilish, talabalarni yuborish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Talabalar almashinuvida Qirg’iziston Respublikasi O’sh davlat universiteti va Xarkov milliy tibbiyot universiteti tibbiyot fakultetlari bilan tuzilgan shartnoma asosida 35 nafar talaba o’quv amaliyot mashg’ulotlarida qatnashdilar. Buning uchun institut byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan 14.0 mln so’m sarflandi.
Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozog’iston, Qirg’iziston va Belorus davlati oliy ta’lim muassasalari talabalari yozgi maktab va o’quv amaliyotiga faol jalb etildi. Buning uchun esa byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan 12.0 mln so’m sarf etildi.
Institut Axborot va matbuot xizmati tomonidan institutni targ’ib etuvchi ma’lumotlar asosida reklamalar va buklet tayyorlanib, institut saytiga qo’yildi.