alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Investitsiyalar – orzular ro’yobi

11:58 24.07.2019

ADTIga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy  investitsiyalarni kiritish va investitsiya muhitini  shakllantirish maqsadida istiqbolli rejalar amalga oshirilmoqda. 2019-yil 24-iyul kuni  mas’ullar  ishtirokida bu boradagi ishlar sarhisob qilindi.
Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda filial va q’o’shma fakultet tashkil etilib, buning uchun o’quv  jarayonini tashkil etish yuzasidan jiddiy tayyorgarlik  ishlari boshlab yuborilgan. Avvalo buning uchun o’quv baza, 2 ta simulyatsion o’quv xonalari va zamonaviy  talabalar turar joyi tayyorlab qo’yildi. Mazkur qurilish-ta’mirlash ishlariga 370.0 mln. so’m mablag’ sarflandi. Yangi o’quv yilidan talabalar qabul qilish va o’qitish ishlari amalga oshiriladi.
Institutda xalqaro hamkorlik bo’limi  tomonidan ta’lim almashinuvi  dasturlari orqali  xorijiy talabalarni jalb qilish, talabalarni yuborish  yaxshi yo’lga qo’yilgan. Talabalar almashinuvida Qirg’iziston Respublikasi O’sh davlat universiteti va  Xarkov  milliy tibbiyot universiteti  tibbiyot fakultetlari  bilan tuzilgan shartnoma asosida  35 nafar talaba o’quv amaliyot mashg’ulotlarida qatnashdilar. Buning uchun institut byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan 14.0 mln so’m sarflandi.
Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozog’iston, Qirg’iziston va Belorus davlati oliy ta’lim  muassasalari  talabalari yozgi maktab va o’quv amaliyotiga faol jalb etildi. Buning uchun esa byudjetdan tashqari  mablag’lar hisobidan 12.0 mln so’m sarf etildi.
Institut   Axborot va matbuot  xizmati  tomonidan institutni  targ’ib etuvchi ma’lumotlar asosida reklamalar va buklet tayyorlanib, institut saytiga qo’yildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!