alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Irina Zaxarovaning Andijondagi mahorat darslari

16:23 01.05.2019

2019 – yil 1 –  may kuni Andijon shahridagi  “Hamkor” biznes markazida xalqaro  ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi. Anjumanga  Rossiya Federatsiyasi  Sog’liqni Saqlash Vazirligi  diplomdan keyingi  ta’lim akademiyasining  pediatriya kafedrasi mudiri, professor, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko’rsatgan shifokor, Federal  Okrug bosh pediatri Irina Nikolayevna Zaxarova taklif qilindi.

ADTI  fakultet  pediatriya  va neonatologiya, bolalar kasalliklari  propedevtikasi va poliklinik pediatriya,  gospital va shoshilinch pediatriya, shuningdek, pediatriya  kafedrasi  professor-o’qituvchilari  tomonidan tashkil etilgan ushbu  anjuman bolalar o’rtasida  tez-tez uchraydigan   kasalliklarni  samarali va tezkor davolashni olib borish, ular immunitetini mustahkamlash, zamonaviy tibbiy nazoratni yo’lga qo’yish va oldini olish  kabi dolzarb  masalalarga  bag’ishlandi.

Anjuman ishini  institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori A.Arziqulov ochib,  ADTI va Rossiya oliy ta’lim muassasalari ilmiy izlanuvchilari  o’rtasida o’rnatilayotgan  hamkorlik aloqalarining natijalari,  akademik va talabalar almashinuvlari, telemeditsina, onlayn konferensiyalar va ma’ruzalar,  mahorat darslari, ilmiy-tadqiqot ishlarinihg   samaradorligi xususida gapirib,  ilmiy hamkorlik  aloqalarining istiqboli yanada keng qamrovli bo’lishiga ishonch bildirdi.

I.N.Zaxarovaning  “Tez – tez kasallanuvchi bolalarni zamonaviy davolash va oldini olish  usullari  mavzusida ma’ruzasi katta qiziqish  bilan tinglandi.

Ilmiy-amaliy  anjuman ishini kafedra mudiri, dotsent B.Inaqova olib bordi. Dolzarb mavzudagi   ma’ruzalarda kafedra mudirlari, dotsent M.G’anieva, A.Arzibekov va M.Abdullaevalar  ishtirok etib, zamonaviy tashxis va samarali  davolash usullari haqida o’z tajriba va bilimlari bilan o’rtoqlashdi.

Anjuman ishida ishtirok etgan institut professor-o’qituvchilari,  magistrlar, klinik ordinatorlar, VMO  va QT fakulteti kursantlari,  Farg’ona vodiysi viloyatlari    mutaxassis shifokorlari  ishtirok etib, o’zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar  oldilar.

Anjuman so’nggida  ishtirokchilar rossiyalik mutaxassisga Andijonga tashrifi va do’stona,   ilmiy  hamkorligi uchun  minnatdorchilik bildirdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!