alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Ish beruvchilar bilan bitiruvchilar o’rtasida ochiq muloqot o’tkazildi

16:54 01.02.2019

2019-yil 1-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot  institutida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari bilan ADTI bakalavr va magistratura yo‘nalishlari bitiruvchilari hamda klinik ordinatorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirni ADTI rektori, professor M.Madazimov ochib, mamlakatimizda  tibbiyot sohasida  olib borilayotgan izchil  islohotlar, xalq sog‘ligini mustahkamlash  borasidagi  chora-tadbirlar haqida gapirdi.

Jumladan kadrlar sifati, ularning salohiyatini oshirish maqsadida davlat va mahalliy byudjet hisobidan katta mablag‘ ajratilganligi, institutda tashkil etilgan simulyatsion o‘quv markazida bitiruvchi va amaliyotchi shifokorlarni amaliy ko‘nikmalarini oshirish va mutaxassislarga qo‘yilayotgan talablar xususida  to‘xtaldi. Shuningdek, uchrashuvga tashrif buyurgan mehmonlarni tanishtirdi.

Shundan so‘ng, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Avazbek Abdurahmanov so‘zga chiqib,  viloyatimiz  tibbiyot muaasasalaridagi  bo‘sh ish o‘rinlari va qoplangan ish o‘rinlari to‘g‘risida, tor mutaxassislarga, UAShga bo‘lgan talablar, shuningdek, xususiy sektordagi imkoniyatlar, davlat tashkilotlaridagi “Ustoz-shogird” an’analari, mutaxassislarni tayyorlash,        ularga yaratilgan imkoniyat va sharoitlar haqida tushuncha berdi.


Tadbir davomida yangi hayotga qadam qo‘yayotgan mutaxassislarning ishga, ertangi kunga munosabati xususida qizg‘in va samimiy suhbatlashildi. Ish beruvchilar bilan bitiruvchilar ochiq muloqotda bo‘lishib, ularni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdilar. Bitiruvchilar  kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Tadbirda institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Arziqulov, marketing xizmati bo‘limi boshlig‘i A.Ziyaevlar ham ishtirok etdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!