alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Islohotlarda faol ishtirok etish – asosiy maqsadimiz” mavzusida seminar o‘tkazildi

17:43 02.04.2019

2019- yil  2-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida   O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik  partiyasi Siyosiy Kengashi tashabbusi bilan partiyaning “Islohotlarda faol ishtirok etish –asosiy maqsadimiz” mavzusidagi seminar bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston “Adolat“  SDP Siyosiy Kengashi rahbariyati, xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari, viloyat Kengashi a’zolari, partiya ekspertlari va boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari ishtirok etdilar. Tadbirni  institut rektori, O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyat Kengashi raisi  M.Madazimov ochib berdi.


Shundan so‘ng, O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi N.Umarov  so‘zga chiqib, “Maqsadimiz- islohotlarda  O‘zbekiston “Adolat” SDPning faol ishtirokini ta’minlash” mavzusida gapirdi.


Seminarda “Adolat”SDP Andijon viloyat Kengashi matbuot kotibi A.Nazarov “Partiyaning dasturiy maqsadlarini targ‘ib qilishda piar texnologiyalardan foydalanish to‘g‘risida”, “Adolat” SDP Andijon viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari M.Musaeva “Saylovoldi jarayonlarda partiyalararo debatlarni tashkil etish  to‘g‘risida”, deputatlik guruhi  rahbari Z.Komilova “Xalq bilan bevosita muloqot qilish: ijobiy tajriba va muammolar”    mavzusida ma’ruza qildilar.

Mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona islohotlarda  O‘zbekiston “Adolat” SDP ning faol ishtirokini ta’minlash hamda saylovlarga tayyorgarlik ko‘rishda  partiya va nomzodlar  oldidagi dolzarb vazifalarni belgilab olish maqsadida tashkil etilgan seminarda partiya faollari, a’zolari tomonidan  kelgusida bajariladigan vazifalar xususida   kelishib olindi, xalq bilan  yaqin bo‘lib, yanada  faollikni, mas’uliyatni oshirish lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbirda  institut rektori  M.Madazimovning O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyat Kengashi raisi  sifatida olib borgan faoliyati  alohida e’tirofga loyiqligi  ta’kidlanib, “Tashakkurnoma” topshirildi.

        Shu kuni “Adolat” SDP Siyosiy Kengash raisi N.Umarov va partiya faollari institut simulyatsion o‘quv markazida bo‘ldilar va bu yerdagi  shart-sharoitlar, amaliyot jarayonlari bilan tanishdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!