ADTI ilmiy kengashlar zalida ma’naviyat va ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan “Tinchlik – eng oliy ne’mat” va “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatini institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Arziqulov ochib, tadbirdan o‘tkazilgan maqsadlar to‘g‘risida so‘zlab, tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtirdi.
Davra suhbatida viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosarlari M.Mo‘minov va Sh.Shamsutdinov, Andijon davlat universitetining O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.Hayitmatovlar so‘zga chiqib, bugungi kunda tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetish, islom dinini sof holda targ‘ib etish,buzg‘unchilik va shafqatsizlik g‘oyalari tarafdorlarini fosh etib, ularga qarshi ma’naviyat va ma’rifat bilan kurashish zarurligini uqtirdilar.
Diniy ma’rifat mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbatida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakili Shavkat To‘raev ham ishtirok etdi.
Suhbat yakunida talabalar mutaxassislarga mavzuga doir savollar bilan murojaat etib, tegishli javoblar oldilar.