alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Isroilda koronavirusni bir daqiqaga qolmay aniqlash usuli ixtiro qilindi

15:21 20.08.2020

Isroillik olimlar koronavirusga qarshi yangi testni sinab ko‘rishdi. Mazkur tahlil usulining aniqlash darajasi 96 foizdan ham ko‘proqni tashkil etmoqda, deb xabar qiladi mamlakat turizm vazirligi.
Tajriba tariqasida 250 kishidan olingan test narxi arzimagan pul – bir shekel turadi.
Tahlil topshirish uchun og‘iz so‘lagidan namuna olinsa bo‘ldi. Tuzli aralashma bilan og‘iz chayilgandan keyin, test probirkada nur taratuvchi asbob yordamida tekshiriladi va inson COVID-19ga chalinganmi yo yo‘qmi, aniqlanadi. Ushbu asbob boshqa viruslarni ham topish imkoniyatiga ega ekan.
Bundan tashqari, Isroil tibbiyoti COVID-19ni 30-40 soniyada aniqlaydigan tegnologiya hamda uyda turib 20 daqiqada javobi olinadigan ilova taqdimotini ham o‘tkazdi.
«Sog‘liqni saqlash vazirligi yaqin kunlarda Ben-Gurion aeroportini COVID-19ni aniqlovchi laboratoriya bilan jihozlash uchun tender e’lon qiladi, — deydi Isroil turizm vazirligining Rossiya va MDH davlatlari bo‘yicha departamenti direktori Vladimir Shklyar.
Isroillik olimlarning mazkur yangi ixtirosi odamlar avvalgi yashash sharoitiga qaytishlari va yana o‘z xavfsizligi, salomatligidan xavotirga tushmay sayohat qilishlariga imkon beradi, deyiladi xabarda.

O‘zA

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!