“IT park” tashkiloti vakillari ADTI talabalari bilan uchrashdi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot institutiga Hindiston davlatidan axborot texnologiyalar parki – “IT park”ning O‘zbekistondagi maslahatchisi janob Jarayan Parthasarti, mazkur tashkilotning Startap  dasturi ish boshqaruvchisi  Nodir Alibekov hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni  rivojlantirish Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tashrif buyurdilar.       Institut Kengashlar zalida mGovAward  mobil ilova dasturi yaratish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tanlovlar o‘tkazilishini targ‘ib etish maqsadida kelgan mutaxassislar bilan talabalar  ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida tashkilot vakillari talabalar o‘rtasida eng yaxshi davlat  mobil ilovalarini ishlab chiqish tanlovini o‘tkazilish muddatlari, yo‘nalishlari, loyihalarni saralash mezonlari, qatnashish  shartlari  va  o‘tkazilish bosqichlari to‘g‘risida yoshlarga batafsil ma’lumot berdilar.

Shuni aytish joizki, mazkur tanlov Birlashgan Arab Amirliklari hamkorligida yoshlar va OTM talabalarining axborot texnologiyalarini rivojlantirishdagi salohiyatini kuchaytirish va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, tanlov g‘oliblariga 100 000 AQSh dollari – 1-o‘ringa 50 000, 2-o‘ringa 30 000, 3-o‘ringa 20 000 AQSh dollari miqdorida mukofot jamg‘armasi ajratilgan.

Dilafruz Sultonova.   

269