(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

IZBOSKAN TUMANIDAGI 41-UMUMTA’LIM MAKTABINING O‘QUVCHILARI INSTITUTIMIZDA

07:38 12.03.2021

Izboskan tumanidagi 41-umumta’lim maktabining 13 nafar o‘quvchilari institutimizga sayohat qildilar. Ularga ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi Iqboljon Sattiiboyev institutimizda talabalarga yaratilgan barcha shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi. Inkubatsiya va akseliratsiya markazi, axborot-resurs markazi va o‘quv xonalarida bo‘lgan o‘quvchilar o‘zlari qiziqtirgan savollariga mutaxassislarimizdan kerakli javob oldilar