alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFAT” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

21:08 22.11.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari R.Arziev, “Imomi Aʼzam” jome masjidi imom xatibi I.Shamsiddinov, Institut rektori M.Madazimov,  prorektorlar, rektor maslahatchisi,  professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etdilar.

Tadbirda so’z olganlar  mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar markazida, avvalo, inson manfaati, uning huquq va erkinliklarini taʼminlash maqsadi turganligi, fuqarolar manfaatlarini faqatgina tinchlik va osoyishtalik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yaratish orqali taʼminlash mumkinligi, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni saqlash, dinlararo va millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish hisobiga xalqaro maydonda O‘zbekistonning obro‘si ortib borayotganiga to’xtalib o’tdilar.

Jaholatning davosi, albatta, bu – maʼrifatdir. Dunyoda sodir bo‘layotgan qo‘poruvchiliklar, yovuzliklar, qotilliklar, xunrezliklar va shunga o‘xshash barcha yomon illatlarning zamirida ilmsizlik yotadi. Biz, ilm egalari bunday toifa insonlar bilan maʼrifat bilan kurashsak jamiyatga katta foyda keltirishimiz mumkinligini taʼkidladilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga  javoblar oldilar.