Andijon davlat tibbiyot institutida Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom dunyoqarash va sog‘lom e’tiqodni shakllantirish, ular dunyoqarashida g‘oyaviy, mafkuraviy bo‘shliq paydo bo‘lishining oldini olish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda viloyat targ‘ibot guruhi raxbari M.Qodirova, guruh azosi, psixolog O.Muxtorov hamda Andijon davlat tibbiyot instituti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida o‘zbek milliy liboslari, qizlarning kiyinish madaniyati, odam savdosiga tushib qolmaslik, ayol-qizlarning jamiyatdagi tutgan o‘rni, bilimli ayollar safini yanada kengaytirish mavzularida tushunchalar berib o‘tildi. Shuningdek, mavzuga oid videoroliklar ham namoyish etildi.