alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Janubiy Koreya universiteti va Andijon davlat tibbiyot instituti vakillarining onlayn uchrashuvi

14:05 09.11.2020

Bugun Koreya Milliy transport universiteti vakili, Paramedisine kafedrasi professori Dong Min Shin bilan video uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan xalqaro aloqalar  bo’limi boshlig’i, tibbiyot fanlari doktori, dotsent K.Z.Salaxiddinov, o’quv bo’limi boshlig’i Q.Yusupov va xalqaro fakultet dekani G.Yaxshiboyeva ishtirok etishdi.

Uchrashuvda qo’shma xalqaro grantning birinchi bosqichini ilgari surish, qo’shma ta’lim dasturini yaratish masalalari muhokama qilindi. Ikkala tomon ham ta’lim va sog’liqni saqlash sohasidagi hamkorlik yo’nalishlari to’g’risida o’z fikrlarini bildirdilar.
Muzokaralar natijasida tomonlarning kelishuvi va memorandum imzolandi.

ADTI Xalqaro aloqalar bo’limi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!