Jarrohlik va urologiya, Anesteziologiya-reanimatologiya kafedralari bazalarida mahorat darsi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2909-sonli  Qarori ijrosini ta’minlash maksadida  joriy yil 9 oktyabr kuni Andijon Davlat tibbiyot institutining jarrohlik va urologiya, anesteziologiya-reanimatologiya kafedralari bazalarida maharot darsi o‘tkazildi.

Maharot darsini Ukraina Milliy diplomdan keyingi ta’lim Tibbiyot Akademiyasi urologiya va nefrologiya kafedrasi dotsenti, Ukraina urologlar va nefrologlar assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Kushnirenko Stella Viktorovna o‘tkazdi. Mahorat darsi davomida Kushnirenko Stella Viktorovna urologik kasallarni ko‘rikdan o‘tkazdi, davolash jarayoni bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Xorijlik mutaxassis ishtirokidagi mahorat darsida institutning  4-, 5-, 6-kurs talabalari, kafedralarning magistr va klinik ordinatorlari, ADTI jarrohlik va uroliya, anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi xodimlari, ADTI klinikasi shifokorlari, RShTYoIM AF shifokorlari, viloyat davolash profilaktika muassasalari shifokorlari qatnashdilar.

Azizbek Abdullayev,

ADTI anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi assistenti

 

204