alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Jarrohlik va urologiya kafedrasi

Kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, dotsent Botirov Akromjin
Qodiralievich
Ish vaqti: 7:30 – 17:00 Tel. raqami: +998979850025

Kafedra elektron manzili: jarroxlik@umail.uz

Jarrohlik va urologiya kafedrasi ADTIning eng namunali kafedralaridan biri hisoblanadi. Kafedra bazasi ADTI klinikasining 3-Jarrohlik va urologiya bo‘limlarida joylashgan bo‘lib, aholiga rejali va shoshilinch tibbiy yordamini ko‘rsatib kelmoqda. Kafedrada “Davolash ishi”,“Kasbiy ta’lim” fakultetlarining talabalari hamda “Jarrohlik” “Urologiya” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura talabalari, klinik ordinatorlar tahsil oladilar va Mustaqil izlanuvchi va doktorantlar ilmiy faoliyat bilan shug’ullanadilar.

 

KAFEDRA TARIXI

Institutda Jarrohlik kafedralarini tashkil etilishi ukrainalik taniqli olim, mashhur jarrox Aleksandr Yakovlevich Yasnogorodskiy (1956 y.) nomi bilan bevosita bog‘liqdir. A.Ya. Yasnogorodskiy viloyat shifoxonasida Jarrohlik kafedrasini tashkil etish va Jarrohlikni ilmiy va amaliy rivojlantirish maqsadida taklif etilgan. U Jarrohlik kafedrasini tashkil etish bilan birgalikda atrofiga qobiliyatli shogirdlarni to‘plab, Andijon Jarrohlik maktabiga asos soldi. O‘zbekistonda va sobiq ittifoqda taniqli yetuk jarroxlar professor Ibadov I.Yu., dotsentlar Alimov T.U., Jaxongirov M.X., Udachina N.A., Grigoryans S.A., Grigoryan N.A., Ishonxodjayev U.A., Xakimov S.P., Zaxidov M.A., hamda boshqa ko‘plab amaliyotchi jarroxlar shu kafedradan yetishib chiqqan bo‘lib, o‘z faoliyatlari bilan Jarrohlikni ilmiy va amaliy jihatdan rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shganlar. A.Ya. Yasnogorodskiy vafotidan so‘ng kafedraga professor I.Yu. Ibadov 1969-1981-yillar davomida rahbarlik qilgan. Keyinchalik kafedra ADTI klinikasining III-Jarrohlik bo‘limiga ko‘chib, «Gospital Jarrohlik» kafedrasi deb nomlangan. Serqirra faoliyati davomida u o‘zini mohir jarroh, zaxmatkash olim, chuqur bilimli klinitsist hamda o‘z shogirdlari qalbida insonparvarlik va hamdardlik tuyg‘ularini uyg‘ota olgan iqtidorli pedagog sifatida namoyon etdi.

Kafedra jamoasi

Kafedrada hozirda 3 nafar tibbiyot fanlari doktori (Botirov A.Q., Abdullajonov B.R. Nishanov M.F), 9 ta dotsent (Bozorov N.E., Abdullajonov B.R., Rustamov U.M., Tursunov B.Q., Usmonov U.D., Otaqo‘ziyev A.Z., Nishanov M.F., Hamidov F.Sh.,), katta o‘qituvchi, Hamrayev O.A., t.f.n. assistentlar Sadikova D.I., Shodmonov M.A., assistentlar Egamov S.Sh., Xojimetov D.Sh., Botirov J.A., Abdulazizov S.A., Xo’jamberdiyev O’.E., Mamarizaev A.A., Sayfiddinov S.I., Saxataliyev R. lar faoliyat olib bormoqdalar. Kafedrada 3 nafar mustaqil ilmiy izlanuvchilar va 2 nafar tayanch doktorantlar bo’lib, 2 nafari 2021-yil dekabr oyida muvofaqiyatli ximoya qildi, 16 nafar magistrlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. K

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!