alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

JARROHLIK VA UROLOGIYA KAFEDRASIDAGI MA’RUZA VA SEMINAR-TRENINGGA MARHAMAT

14:49 24.11.2021

2021-yil 25-noyabrdan 30-noyabrga qadar Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining endourologiya markazida Rossiyaning Aleksandr shifoxonasi kafedra mudiri, I.I.Mechnikov universiteti akademigi, xalqaro endourologiya va urologiyadagi zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha ekspetr O.Burakov seminar-trening  hamda ma’ruzalarini olib boradi.

Shuningdek, 2021-yil 26-noyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi urologiya bo‘limi mudiri, O‘zbekiston urologlar jamiyati raisi, professor, t.f.d. F.A.Aqilov “Siydik yo‘llari infeksiyasiga zamonaviy yondashuv” mavzusida ma’ruza o‘tkazadi.

Ma’ruzalar va seminar-treninglarga marhamat.