alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Javohirlar xazinasi”

17:32 24.02.2020

Kitob insonlarga mehr ulashadi. Kitobga mehr qo‘ygan inson atrofidagilarga yaxshilik ilinib yashaydi. Dilidagi ezgu tilaklarni kitobga tushirish esa oson ish emas. Respublika nogironlar jamiyati Andijon viloyat bo‘limida foliyat olib boruvchi Tursunoy Yakubova ana shu mehrga oshno, mehr ulashuvchi va oson bo‘lmagan ishni – dilidagi tilaklarni kitobga tushirgan yurtdoshlarimizdan. Andijon davlat tibbiyot institutida “Javohirlar xazinasi” to‘plami muallifi Tursunoy Yakubova bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus yo‘nalishlaridan bo‘lgan kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan mazkur uchrashuvni institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.X.Asxanov ochib berar ekan kitobxonlik insonning go‘zal fazilatlaridan biri ekanligi ta’kidlab o‘tdi.
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda uzoq yillar Andijon shahridagi 23-maktabda yosh avlodga ta’lim-tarbiya bergan T.YAqubova “Javohirlar xazinasi” to‘plami haqida batafsil so‘zlab berdi. To‘plamda O‘zbekiston RespublikasiningBirinchi Prezidenti Islom Karimovning ona-Vatan, milliy qadriyatlar, chin insoniylik, hayot tarzimiz haqidagi fikrlari, ibratli so‘lari jamlanganligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek kitobda dunyoning taniqli allomalarining hikmatli so‘zlari joy olganligi aytib o‘tdi.
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

Talabalar “Javohirlar xazinasi” to‘plami muallifi T.Yakubovaga kitob, kitobxonlik, adabiy-badiiy kitoblar mutolaasi yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va batafsil javoblar olishdi.   Ijodiy uchrashuv barchada katta taasurot qoldirdi.
Andijon davlat tibbiyot instituti
Andijon davlat tibbiyot instituti

 Kozimjon Baydullayev,

ADTI pediatiriya fakulteti yoshlar bilan ishlash

bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!