“Jinoyatchilikka  qarshi  birgalikda kurashamiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019-yil 31-yanvar kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Jinoyatchilikka qarshi  birgalikda  kurashamiz” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

      Tadbirni ADTI yoshlar bilan ishlash,ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduhalimov ochib berdi. Shundan so‘ng, Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi 3-son IIB katta leytenanti A.Qahhorov so‘zga chiqib, “Voyaga yetmaganlar va yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar”  mavzusida ma’ruza qildi.

U o‘z ma’ruzasida viloyatimizda huquqbuzarlik profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar xususida to‘xtaldi. Bugungi kunda fuqarolar, jumladan ayrim yoshlar tomonidan sodir etilayotgan o‘g‘irlik, telefon va internetdan noto‘g‘ri maqsadlarda foydalanish, firibgarlik, mayda talon-tarojlik kabi  jinoyatlar  to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng, institut yuriskonsulti T.Abduvaliev so‘z olib, talabalarni institut Ustavi bilan to‘liq tanishib chiqib, ichki  tartib-tartib qoidalariga doimo amal qilishlari zarurligini aytib o‘tdi.

Ochiq muloqot chog‘ida mutaxassislar talabalarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berishib, ularni ogohlik va hushyorlikka chaqirdi.

Tadbirda ADTI   psixologi O‘.Arziqulov, davolash fakulteti dekan muovini U.Karimov, davolash va pediatriya fakulteti 1-kurs talabalari  ishtirok etdilar.

128