alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KAFEDRALARARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN OʻTKAZILDI

10:16 25.12.2021

KAFEDRALARARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN OʻTKAZILDI

Tibbiy kimyo va Farmatevtik fanlar kafedralari hamkorligida “Tabiiy dori vositalarini kimyoviy usullar yordamida tahlil qilishning dolzarb muammolari” mavzusida kafedralararo ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.

Unda Tibbiy kimyo kafedrasi katta oʻqituvchisi t.f.f.d. S.Islomova, kafedra mudiri Yu.Xolboyev hamda Farmatevtik fanlar kafedrasi mudiri M.Turgʻunov, Farmatsiya yoʻnalishining 4-bosqich talabalari ishtirok etdi. Soʻzga chiqqan mutaxassislar talabalarga tabiiy dori vositalarini kimyoviy usullar yordamida tahlil qilish, institut miqyosida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar borasida oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdilar.

Anjumanning 2-qismida mutaxassislar tomonidan maʼruzalar oʻtkazildi. Farmatsiya fanlar kafedrasi dotsenti S.Mirzaolimovning “Ekstraksiya usullari yordamida ajralmalarni yod moddalardan tozalash”, G.Mamatisaqovaning “Farm sanoatining hozirgi kundagi oʻrni”, Tibbiy kimyo kafedrasi katta oʻqituvchisi N.Razzoqovning “Dorivor oʻsimliklardan oziq-ovqat qoʻshilmalarini tayyorlash” mavzularidagi maʼruzalari talabalarni fanni oʻzlashtirishlari uchun yana bir mahorat darsi boʻlib xizmat qildi.