alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Kafedralararo ochiq integral ma’ruza

18:50 16.12.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti Ftiziatriya  va pulmonologiya, mikrobiologiya, immunologiya va virusologiya  kafedrasi dotsenti R.A.Hakimova, Vrachlar malaka oshirish fakulteti Tibbiy radiologiya va klinik laborator diagnostika kafedrasi mudiri dotsent N.S.Hakimov hamda Vrachlar malaka oshirish fakulteti Ftiziatriya  kursi  dotsenti  V.V.Dadaboevlar  tomonidan  ochiq integral  ma’ruza  o‘tkazildi.

Ma’ruzada Viloyat silga qarshi kurash dispanseri   xodimlari, ADTI Ftiziatriya  va pulmonologiya kafedrasi o‘qituvchilari, VMOF Tibbiy radiologiya va klinik laborator diagnostika kafedrasi kursantlari, VMOF ftiziatriya kursi xodimlari hamda davolash fakulteti 424-, 425-, 426-, 427-guruh talabalari  ishtirok etdilar.

Ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi dotsenti R.A.Hakimova asosan tuberkulyozli plevritni turlarini, klinikasi, tashxisotini, kechish xususiyati va okibatlari bilan tanishtirdi. Ma’ruza prezentatsiya shaklida o‘tkazildi.

VMOF Tibbiy radiologiya va klinik laborator diagnostika  kafedrasi mudiri dotsent N.S.Hakimov o‘z ma’ruzasida gidrotoraks va o‘pka kasalliklarini ultratovush tashxisoti asoslari bilan  ma’ruza qatnashchilarini tanishtirdi.

VMOF ftiziatriya kursi dotsenti V.V.Dadaboev o‘z ma’ruzida gidrotorakslarni epidemiologiyasi, plevra bo‘shlig‘i anatomiyasi va plevra varaqlarini tuzilishi hamda vazifalari haqida aytib o‘tdi. Tinglovchilar ma’ruzalarni katta qiziqish va diqqat-e’tibor  bilan tinglab, integral ma’ruzalardan juda ko‘p ma’lumot olganliklarini hamda  shu tarzda boshqa mavzularda ham ma’ruzalar o‘tkazilishi taklifini bildirdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!