(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KELGUSIDАGI VАZIFАLАR BELGILАB OLINDI

19:26 03.05.2021

Ilmiy kengashlar zalida rektor va institut xodimlari bilan yigʼilish oʼtkazildi. Unda prorektorlar, fakultet dekan va uning oʼrinbosarlari, xotin-qizlar masalalari boʼyicha kengash xodimlari va bir qator professor-oʼqituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdilar.

Institut rektori M. Madazimov kun tartibidagi masalalar boʼyicha amaliy ishlar tahlili bilan tanishdi. Shundan soʼng talabalar va xodimlarning institut ichki kiyinish tartib-qoidalariga alohida eʼtibor qaratishlari lozimligi, onlayn tarzda taʼlim olayotgan har bir talabani alohida nazoratga olish, professor-oʼqituvchilardan sifatli va samarali darslarni olib borishlari, institutga biriktirilgan mahallalarning uyushmagan yoshlariga Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida mahorat darslarini olib borishlari borasida topshiriqlar berib o’tdi.

Shuningdek, 2021-2022-oʼquv yilida abuturientlar bilan ishlash, oliy taʼlimga kirish imtihonlariga tayyorgarlik jarayonlarida, dars jarayonlarida xodimlar tomonidan korrupsiyaga yoʼl qoʼymaslik borasida ham oʼz fikr-mulohazalarini bildirdi. Qolversa, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʼlgan ishlar yuzasidan dekan va uning oʼrinbosarlariga bir qator topshiriq va vazifalar belgilab berildi.