alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KELGUSIDAGI VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

15:42 15.02.2021

Andijon Davlat institutining Ilmiy kengashlar zalida institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor vazifasini vaqtincha bajaruvchi Bahromjon Abdullajonov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor vazifasini vaqtincha bajaruvchi Abdurahmon Abduhalimov, fakultetlar dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, murabbiylar kengashi raisi Abduqodir Arzibekov, xotin-qizlar qo‘mitasining raisi Mohigul Jo‘rayeva va kafedralarning o‘quv ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor vazifasini vaqtincha bajaruvchi Bahromjon Abdullajonov ochib berdi va institutning ichki tartib-qoidalari, o‘qituvchi va talabalarning odob-ahloq normalari xususida fikrlarini bildirdi. Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor vazifasini vaqtincha bajaruvchi Abdurahmon Abduhalimov O‘zbekiston Respublikasining “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” bosh g‘oyasining mazmun-mohiyati nimalardan iborat ekanligi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-sonli “Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari faoliyatiiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Farmoni, 2020-yil 25-dekabrdagi O‘zbekiston yoshlari forumi, 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasi, Yurtboshimiz raisligida 2021-yil 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamiyat tashkilotlarining  hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishidagi har bir soha, ayniqsa, tibbiyot sohasi xodimlariga biriktirilgan vazifalar ijrosini amalga oshirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Yig‘ilish so‘nggida talabalarga ta’lim-tarbiya berishda yana nimalarga e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan ishlar ham belgilab olindi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!