alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Kitob – barcha ezguliklarning debochasi

15:20 08.04.2019

INSTITUTNING SOBIQ BITIRUVChISI   O‘Z KITOBINI SOVG‘A  QILDI

        Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida e’lon qilgan beshta muhim tashabbuslarining 4-sida kitobxonlikni keng targ‘ib etish alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Shu yo‘nalishda joylarda kitobxonlik tadbirlari – o‘zi o‘qigan o‘quv dargohiga kitob sovg‘a qilish an’analari keng quloch yoymoqda. Respublikamiz miqyosida e’lon qilingan kitobxonlik oyligi doirasida bizning Andijon davlat tibbiyot institutida  ham  ibratli ishlar amalga oshirilib,  yangi-yangi tashabbuslar ko‘zga tashlanmoqda.

An’anaviy kitobxonlik va kitob savdosi qizg‘in davom etayotgan  shu kunlarda  institutga sobiq bitiruvchi – Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanilik   shifokor Najmiddin Eshonov tashrif buyurdi.  Vertebrolog- shifokor 1986 -yilda ADTIning pediatriya fakultetini bitirgan.  Yangiqo‘rg‘on tumanidagi  Birlashgan  qishlog‘ida  ish faoliyatini olib borgan. Zamondoshimiz shifokorlik faoliyati davomida suitsid holatlarini oldini olish bo‘yicha  ilmiy izlanishlar olib borib, bemorlarni  davolab, hayotga qaytarib kelmoqda.
Yaqinda shifokorning ilmiy kuzatishlari va  izlanishlari, hayotiy qarashlari  aks etgan  “U dunyodan qaytmagan kim bor?”  nomli she’riy kitobi nashrdan chiqdi.
2019-yil 8-aprel kuni  Najmiddin  Ziyo (Eshonov) ADTIga kelib,  o‘z  kitobidan institut Axborot- resurs markaziga 10 nusxa, institut klinikasi kutubxonasiga 10 nusxa  sovg‘a sifatida taqdim etdi. Kitobni  barcha qiziquvchilar olib o‘qishlari  mumkin. Zero, kitob bizni hayotga bo‘lgan mehru – muhabbatimizni oshiradi.
O‘zi ta’lim olgan  oliy  dargohga  kitobini tuhfa etgan muallifga  institut rahbariyati va barcha talabalari nomidan minnatdorchilik bildirib qolamiz.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!