alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Kitob insonga ham do’st, ham hamrohdir”

10:24 19.02.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash fakulteti dekanati va ichki kasalliklar propedevtikasi kafedarasi xodimlari  tomonidan Andijon tumanidagi 36-son ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatida tadbir o‘tkazildi.  Tadbir to‘rtinchi tashabbus bo‘lgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadiga qaratildi.

Tadbirni ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori Odiljon Salohiddinov ochib, xalqimiz hamisha kitobga oshnoligi, shuning uchun ham mamlakatimizda kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilayotganligi, kitob necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularni bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitob ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Innavatsion sog‘liqni saqlash Milliy palatasi Andijon viloyat hududiy bo’linmasi bo‘lim mudiri U.K.Usmonov so‘zga chiqib inson ruhiyati va salomatligini mustahkamlashda kitob mutolaasining o‘rni, kitob o‘qish jarayonida salomatlikni saqlash tartiblari haqida fikr bildirdi.

Tadbirda so‘z olgan davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari U.D.Karimov,  ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri, dotsent R.N.Yuldashyevlar yoshlarning  hayotida kitob alohida o‘ringa ega ekanligi, yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undashi haqida fikrlar bildirdilar.

Tadbirda institut 4-kurs iqtidorli talabalaridan Gulsanam Tursunalieva “Men sevib o‘qiydigan kitobim”, Behzodbek Yangiboyev “Kitob meni ulg‘aytirdi”, Muazzam Nabiyeva “Kitob doimo hamrohingiz bo‘lsin”, SHahloxon Dadaxonova “Oilada kitobning o‘rin”, Shoxruhbek Oripov “Kitobxo‘r kim, kitobdon kim, kitobxon kim?” mavzularida ma’ruzalar qilishdi.

Kitobxonlik tadbirida 36-son ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktab-internati o‘quvchilari ham o‘zlarining kitob haqida yozgan she’rlaridan o‘qib berishdi.

Tadbir qiziqarli va mazmunli o‘tdi hamda kitobga oshno kishidan hech vaqt yomonlik chiqmasligi, farzandlarimizga kitob o‘qishni targ‘ib etishimiz emas, balki ularga o‘rnak bo‘lishimiz lozimligini ko‘rsatdi.

Ulug‘bek Karimov

davolash fakulteti yoshlar bilan

ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari  

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!