Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Kitob – ko‘ngil va ruhiyat tabibi

10:21 19.10.2019

Kitob inson ma’naviyatini boyitishda eng muhim vosita ekanligi barchamizga ma’lum. Kitob bilan oshno bo‘lgan inson ma’naviy boy bo‘lishi bilan birga, atrofidagilarni ezgulikka chaqiradi. Shuning uchun ham Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida kitobxonlikka alohida e’tibor qaratilgan.

Andijon davlat tibbiyot instituti tillar, pedagogika va psixologiya kafedarsi tashabbusi bilan institut Axborot-resurs marakazida “Kitob – ko‘ngil va ruhiyat tabibi” mavzusida kitob tag‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Kitobxonlik targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirni institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.X.Asxanov ochib berar ekan, kitobxonlik inson kamolotida alohida o‘ringa ega ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

“Kitob – ko‘ngil va ruhiyat tabibi” tadbirida so‘z olgan tillar, pedagogika va psixologiya kafedarsi mudiri M.Qo‘ziboeva institutimizda kitobxonlikni rivojlantirish, talabalar o‘rtasida mutolaa madaniyatini shaklantirish borasida olib borilayotgan ishlar, o‘tkazilayotgan tadbirlar, tanlovlar haqida ma’lumot berdi va yangi chop etilgan kitoblar bilan tanishtirdi.

Tadbir ishtirokchilari Axborot-resurs marakazidagi kitoblar bilan tanishdilar.
ADTI axborot xizmati
 
 
 
 

Skip to content Click to listen highlighted text!