“Kitob – ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida badiiy kecha bo‘lib o‘tdi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019-yil 1-fevral kuni talabalar turar joyi o‘quv zalida “Kitob- ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida badiiy kecha o‘tkazildi. Tadbirga Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi rahbari Murodjon G‘ofurov, viloyat Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat bo‘limi mutaxassisi, yozuvchi Vosit Ahmad, yozuvchi va publisist Durbek Qo‘ldoshevlar taklif etildilar.

Tadbirni institut psixologi O‘tkirbek Arziqulov ochib, kitob o‘qishning inson ruhiyatiga ijobiy ta’siri, kitob mutolaasi Alsgeymer xastaligiga chalinishni oldini olishi va bir qancha qobiliyatlarni rivojlantirishi haqida fikr-mulohazalar bildirdi.

Shundan so‘ng, Murodjon G‘ofurov so‘z olib, kitob mutolaasi hayotdagi maqsadlarni anglashga va qiyinchiliklarni yengishga, fikrlash va tinglash qobiliyatini rivojlantirishga ko‘mak berishi to‘g‘risida o‘z  tavsiyalarini berib o‘tdi.

Yozuvchilar Vosit Ahmad hamda  Durbek Qo‘ldoshevlar ham kitob mutolaasi insonlarga yaxshilik qilish, turli xil jinoyatlarni oldini olish, yozuvchilik hamda hikoyanavislik, yangi so‘zlarni yodlash, chet tillarini oson o‘zlashtirish kabi xislatlarni shakllantirishga xizmat qilishi to‘g‘risida kerakli maslahatlarini berdilar va o‘zlarining ijod namunalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbirda qatnashgan talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar oldilar.

182