alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Kitob – ma’naviyat ko’zgusi

14:20 04.05.2019

Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha ilgari surgan beshta muhim  tashabbusining  to’rtinchisida  “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ’ib etish”  ko’zda tutilgan. Mazkur tashabbus bo’yicha 2019-yil 3-may  kuni ADTI davolash fakulteti   Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi tomonidan  davolash fakulteti talabalari va malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti kursantlari ishtirokida  ma’naviy – ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini U.Karimov ochib, beshta muhim  tashabbusning to‘rtinchisi –kitobxonlik madaniyatini  yuksaltirish xususida fikr yuritdi.

Shundan so’ng, ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi professori O.Salohiddinov insonni  ezgulikka,  sabrli bo‘lishga undovchi, uning qobiliyat va ma’naviy dunyosini  boyitishda kitobning ahamiyati, bugungi kunda yoshlar va zamondoshlarimizning kitobxonlik saviyasi va madaniyatini yanada yuksaltish masalasi  haqida taklif va mulohazalarini  bildirdi.  Tadbirda  professor o’z qalamiga mansub  asarlarining mazmun-mohiyatiga to’xtalib  o’tdi.

Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri R.Yuldashev insonning ma’naviy kamolotida,  mustaqil fikrlaydigan shaxsning  shakllanishida, xalqimizning azaliy qadriyatlarini kelgusi avlodlarga yetkazishda kitobning o‘rni va ahamiyati  beqiyosligini  ta’kidladi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!