Klinik ordinaturaga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo`lib o`tdi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019 – yil  23 – avgust kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Axborot texnologiyalari markazida 2019-2020 o`quv yili uchun klinik ordinaturaga kirish uchun imtihonlarning 2 – bosqichi bo`lib o`tdi.

Kirish sinovlari jarayonlarini  institut rektori M.Madazimov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektor G’.Xodjimatov, klinik ordinatura ishlari bo`yicha mas’ul G. To’raeva, ilmiy bo`lim boshlig`i G.Mamatxo`jaeva, qabul komissiyasi mas’uli  S.Salaxiddinovlar kuzatib bordilar.

 

Imtihon jarayonlari  adolatli va shaffof tarzda tashkil etilib, abituriyentlar  umumiy amaliyot shifokorlari yo`nalishida test sinovlarini  belgilangan vaqt oralig`ida  topshirdilar.

Test sinovlari  tartibli va xolisona o`tkazildi.

769