Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Ko‘cha bolalari” spektakli yana sahnada

15:33 12.06.2019

2019- yil 12- iyun kuni shahrimizdagi muhtasham Yoshlar saroyida Andijon davlat tibbiyot institutining iqtidorli talabalaridan iborat “Shifokorlar” jamoasi tomonidan Sh.Boshbekovning “Eski shahar gavroshlari” asari asosida tayyorlangan “Ko‘cha bolalari” spektaklining namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Muhtaram Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta muhim tashabbus –  Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladigan   birinchi tashabbusning ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda  viloyat Xalq ta’limi, litsey va kollejlarning o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalarining xodimlari, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda mehmonlar ishtirok etdilar.



Shu o‘rinda aytish joizki, Andijon davlat tibbiyot instituti “Shifokorlar” jamoasi yaqinda Namangan viloyatida o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalari talabalari teatr studiyalari festivalining hududiy bosqichida “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lib, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma olgan edilar.




Shundan buyon g‘olib jamoa  viloyatimiz shahar va tumanlarida bo‘lishib, taniqli rejissyor Dilmurod Shayxov sahnalashtirgan “Ko‘cha bolalari” spektaklini ko‘plab mahallalarda, ta’lim maskanlarida namoyish etib kelmoqdalar. Joylarda ularning har bir chiqishi viloyatimiz ahli tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan kutib olinmoqda. Bugun ham ana shunday bo‘ldi. Yoshlar saroyiga yig‘ilganlar spektaklni maroq bilan tomosha qildilar. Har bir talaba o‘z rolini maromiga yetkazib ijro etdi. Spektakl mavzusining to‘g‘ri tanlanganligi, dolzarbligi, talabalarning professional san’atkorlar kabi mohirona ijrosi, ularning iqtidori barchada katta taassurot uyg‘otdi.



Andijon davlat universiteti talabalari F.Ergasheva hamda F.Muqimjonovalar o‘z taassurotlarini biz bilan o‘rtoqlashdi:- Mazkur spektalni ko‘rib o‘zimizga ko‘p narsa oldik. Asosiysi, spektakl mavzusi to‘g‘ri tanlangan. Mavzusining dolzarbligi, yoshlar hayoti bilan bog‘liqligi, asosiysi tengdoshlarimizning mahorati bizda katta taassurot qoldirdi.Spektaklda ilgari surilgan masalalar- oilaviy munosabatlar, ota-onaga hurmat, farzand tarbiyasi, yoshlarning orzu-umidlari va boshqalar biz yoshlarni mulohaza qilishga undaydi.


Kollej talabasi M.Mamadalieva:- Haqiqiy professional artistlar ijrosida spektakl tomosha qilgandek bo‘ldim. Juda ajoyib, qiziqarli bo‘ldi. Rahmat, miriqib madaniy dam oldik. Tomoshabinlar spektakl namoyishini gulduros qarsaklar  bilan olqishlab turdilar.



Spektal yakunida ADTI rektori Madaminjon Madazimov so‘zga chiqib, institut jamoasi va talabalar nomidan mazkur sahna asari rejissyoriga va unda rol ijro etgan barcha talabalarga minnatdorchilik bildirdi hamda ularning respublika bosqichidagi ishtirokida muvaffaqiyat tiladi.


Respublika ishchi guruhi vakili Bekzodbek  Abduxalilov o‘z so‘zida spektakl mavzusining dolzarbligini, bu kabi tadbirlar orqali yoshlarimiz  5 ta muhim tashabbusni targ‘ibot qilishda katta kuch ekanligini  ta’kidlab o‘tdi. Jamoaning kelgusidagi ijodiga yuksak parvozlar tilab,samimiy tilaklarini bildirdi.


Tadbir so‘ngida  O‘zbekiston  Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi raisi Oybek Yo‘ldoshev, viloyat qo‘g‘irchoq teatri direktori  Bekzod Qurbonov hamda teatr bosh rejissyori Dilmurod Shayxovlarga Andijon davlat tibbiyot instituti rektori nomidan “Tashakkurnoma” topshirildi.


Shuningdek, “Shifokorlar” jamoasining barcha iqtidorli talabalariga guldastalar taqdim etildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!