alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“KONSTITUTSIYA  –  BAXTIMIZ QOMUSI”  MAVZUSIDA TADBIR  O‘TKAZILDI

14:04 06.12.2018

Bu yil tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo do‘stlik, mamlakat va dunyo barqarorligi kabi eng ulug‘ umuminsoniy g‘oyalarga xizmat qilib kelayotgan asosiy Qomusimizning 26 yilligini nishonlamoqdamiz.
Mazkur sana munosabati bilan  2018-yil 6-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutining ilmiy kengashlar zalida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan “Konstitutsiya- baxtimiz qomusi” shiori ostida tadbir tashkillashtirildi.
Tadbirni yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor P.Asxanov ochib berdi.


Tadbirga Andijon shahar Adliya bo‘limi maslahatchisi Z.Qodirov, O‘zbekiston ekologik harakati Andijon hududiy bo‘linmasi rahbari N.Yusupovlar tashrif buyurishib,  Konstitutsiyamizda xalqimizning ko‘p asrlik tajriba va ma’naviy qadriyatlari, boy tarixiy-huquqiy merosi aks ettirilganligi haqida so‘zlashdi.

Shuningdek, tadbir jarayonida Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Nurmatova “Konstitutsiya – asosiy Qonunimiz” mavzusida ma’ruza qildi.

Tadbirda talabalar ham faol ishtirok etishdi. Pediatriya fakulteti 108-guruh talabasi D.Ahmadjonova, stomatologiya fakulteti 103-guruh talabasi I.Abduqahhorovlar o‘z ma’ruzalarida Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida, shuningdek, yillar o‘tgan sayin Asosiy Qonunimizning hayotimiz va taraqqiyotimiz uchun ahamiyati katta ekanligi to‘g‘risidagi fikrlarini bildirdilar.
Tadbir mazmunli va qiziqarli o‘tdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!