alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Konferensiyaga tayyorgarlik ishlari qizg’in

11:15 04.05.2020

Yurtimizda surayotgan karantin davrida ham barcha sohalarda ish qizg’in davom etmoqda. Andijon davlat tibbiyot institutida talabalarga masofadan turib bilim berish bilan birga, ilmiy amaliy anjumanlar ham uyushqoqlik bilan o’tkazilmoqda.

Institut miqyosida o’tkazilayotgan har qanday o’quv, ilmiy va ma’naviy onlayn tadbirlarini tashkil qilishda O’zbek tili va adabiyoti kafedrasining pedagoglari kamarbasta bo’lib birga ishtirok etmoqdalar.

Shu yil 27 aprelda “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”ga bag’ishlangan “Tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusidagi yosh olimlar Respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasini mazmunli o’tkazish maqsadida 700 dan ortiq tezislarni tahrirdan o’tkazish ishlarida faollik bilan ishtirok etgan M.Axunova, Z.Rahmatova (o’zbek tilida), M.Mamajonova, G.Xayitboyeva, N.Buranova, Yu.Gafurova (rus tilida), M.Abdurahmanova (ingliz tilida) o’z fidoyiliklarini namoyish qildilar.

11-12 iyun kunlari o’tkazilishi rejalahtirilayotgan “Profilaktik tibbiyotda yuqori innovatsion texnologiyalarni qo’llash” mavzusidagi  Respublika ilmiy-amaliy konferensiyaga tayyorgarlik ishlari qizg’in davom etmoqda. Kafedraning jonkuyar pedagoglari masofaviy ta’limda talabalarning bilim, ko,nikma va malakalarini shakllantitrish bilan birga tahrir ishlarini ham mas’uliyat bilan olib bormoqdalar.

Shu kungacha xorij davlatlari va respublikamizning turli joylarida tibbiyot sohasida izlanishlar olib borayotgan ilmiy xodimlardan yuborilgan 100 dan ortiq tezislar tahrirdan o’tkazilmoqda. O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi jamoasi mazkur yirik anjumanni ham yuksak saviyada o’tishiga o’z hissasini qoshadilar.

M.Qo’ziboyeva

O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!