Koreyalik professorlar Andijonda

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi
 2018-yil 5-noyabr kuni Koreyaning Kemyung universiteti qoshidagi Dongsang tibbiyot markazining fiziolog professori Sohg Dae Kyu, gastroenterolog, professor Cho Kwangbum va tarjimon-koordinator Chung Sungjinlar Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdilar. Koreyalik mehmonlarni institut rektori M.Madazimov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i D.Abdukadirov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Arziqulov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor va boshqa mas’ullar kutib oldilar.

         Institut xalqaro hamkorlik bo‘limida koreyalik mutaxassislar bilan institutda olib borilayotgan o‘quv-uslubiy, ilmiy–amaliy ishlar, xalqaro hamkorlik borasida qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida bugungi Andijon to‘g‘risida, ADTIning ta’lim, fan va innovatsiyalar, davolash ishlari  bo‘yicha  olib borilayotgan  keng ko‘lamli ishlar, endoskopik xirurgiya yo‘nalishidagi hamkorlik ishlari borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

            O‘zaro manfaatli hamkorlik kelishuvlaridan so‘ng, mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Mutaxassislar institut o‘quv-simulyatsion markazida bo‘lishib, bu yerdagi yaratilgan sharoitlar hamda amaliyot jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Simulyatsion laboratoriya xodimlariga va talabalarga o‘zlarining tavsiya va maslahatlarini berdilar.

         Shundan so‘ng, Koreya delegatsiyasi institut ilmiy kengashlar zalida tashkil etilgan  uchrashuvga tashrif buyurib, ularga tibbiyot sohasida ham xuddi avtomobilsozlik sohasidagi kabi istiqbolli hamkorlik aloqalari mustahkamlanishi borasida taklif-mulohazalarini, ko‘zlagan maqsadlarini bildirdilar.

         Koreyalik yetakchi mutaxassislar 9-noyabrgacha shahrimizda bo‘lishib, talabalarga, magistrlar, kilinik ordinatorlar va soha mutaxassislariga ma’ruzalar o‘qiydi. Viloyatimizdagi nufuzli shifoxonalarda mahorat darslari o‘tkazadilar. Bemorlar ko‘ruvida ishtirok etishib, ularga o‘zlarining kerakli tavsiyalarini beradilar.

197