alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

KORONAVIRUSDAN SAQLANING

17:23 03.02.2020

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2020 yil 24 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasiga O‘RI, gripp, koronavirus infeksiyasining yangi turi kirib kelishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №14-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash bo‘yicha ADTI yuqumli kasalliklar kafedrasida pediatriya fakulteti 5-, 6-kurs talabalari ishtirokida “Koronovirus infeksiyasi” mavzusida seminar trening o‘tkazildi.

Seminarni yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri D.B.Mirzakarimova olib borib, dastlab qatnashchilarga koronovirus infeksiyasi to‘g’risida ma’lumot berdi. Kafedra dotsentlari M.K.Qalandarov, Y.M.Yuldasheyvlar talabalar va seminar qatnashchilariga koronavirus kasalligini hozirgi kundagi holati, uning asoratlari va oldini olish chora-tadbir to‘g‘risida tushunchalar berishdi.

Seminar qatnashchilarning qizg‘in munozaralari bilan o‘tdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!