alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Koronavirusni tibbiy madaniyat bilan yengamiz

14:42 29.04.2020

 Tojdor dushman nomi bilan dunyo xalqlarini tashvishga solayotgan koronavirus pandemiyasining oldini olishda shaxsiy gigiena talablariga amal qilishlik katta ahamiyatga ega. Buning uchun, avvalo, jamoatchilikda tibbiy madaniyatni yuksaltirish zarur. Andijon tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokorlari karantin davrida bu masalaga birinchi  darajali vazifa sifatida qarayotgani bejiz emas.
O‘zbekiston “Adolat” SDPning “Salomatlik yo‘lida birlashaylik!” loyihasi doirasida mahalliy Kengash deputatlari bilan har bir oilaga kirib borilmoqda. Keksa yoshdagilar va ayollar bilan oilada tibbiy madaniyat mavzusida o‘tkazilgan suhbatlar natijasida fuqarolar karantin qoidalariga amal qilish qanchalik zarur ekanligini  tushunib yetmoqda.

Nilufar Qosimova, shifokor:
-Sog‘lom turmush tarzi bu — har qanday kasallik profilaktikasi va salomatlik garovi. Insonning turli qirralarini rivojlantirish, muvaffaqiyatga erishish omilidir. Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish va tibbiy madaniyatini oshirish bugun yanada dolzarb vazifaga aylandi.  Biz mahallalarda aholining salomatligini o‘rganish barobarida o‘z tavsiyalarimizni beryapmiz. Sog‘lom hayot asoslari mavzusida tayyorlangan bukletlarimiz xonadon kutubxonasidan o‘rin olmoqda.
Salomatlik tadbirlari doirasida Kuyganyor shaharchasi va Xakan qishlog‘idagi 650 dan ortiq xonadonlar qamrab olindi.

                                      O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyati Kengashi matbuot xizmati.  

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!