alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Korrupsiya – taraqqiyotga g’ov. Jamiyat rivojiga to’siq bo’layotgan illatga qarshi birgalikda kurashish – muhim vazifa

15:29 09.07.2019

2019- yil  9- iyul kuni ADTI ilmiy kengashlar zalida jamiyatimiz rivojiga jiddiy to’siq bo’layotgan illatga qarshi kurashish masalasiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida institut xodimlari: bo’lim boshliqlari, professor-o’qituvchilar, mas’ul rahbarlar ishtirok etdilar.

Davra suhbatini institut rektori M.Madazimov  ochib, tibbiyotda  jadal suratlarda olib borilayotgan o’zgarishlar, xususan, mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan  oliy ta’lim tizimini, shuningdek,tibbiy ta’limni rivojlantirishga  qaratilgan  izchil  islohotlar samaralari  to’g’risida gapirdi.

Ayniqsa, bugungi kunda qabul jarayoni  qizg’n  pallaga kirgan bir davrda  yangi o’quv yiliga o’qishga kiruvchilar, ularning yaqinlari  bilan munosabatda   xushyor va adolatli bo’lish,  turli noqonuniy  hatti-harakatlarga  yo’l qo’ymaslik, aldov  va yolg’on vadalar berib,  o’zgalar mulkini  ta’magirlik yo’li bilan o’zlashtirish,  o’z manfaati yo’lida  poraxo’rlik  va moddiy boyliklar talab qilish  kabi jamiyatimizga  yot bo’lgan illatlarga birgalikda kurashishga chaqirdi.

Yig’lishda  Andijon viloyati prokurorining birinchi o’rinbosari Kamoldin Yulbarsov ishtirok etib, bugungi qabul jarayoni qizg’in davom etayotgan bir pallada o’qishga kiritib qo’yish iltimosi bilan murojaat qilgan kishilarga to’g’ri yo’l ko’rsatish, adolatli  javob qaytarish, ayniqsa, yoshlarga bu holat bo’yicha to’g’ri tushuncha berish,  atrofimizdagi hamkasblarimizga bu korrupsion holatdan yiroq bo’lishni uqtirish, noto’g’ri yo’ldan qaytarish,  ta’magirlik va poraxo’rlik illatlarini yo’qotish va oldini olish muhim  masala ekanligini ta’kidladi.

O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi  iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Andijon viloyati boshqarmasi boshlig’i Dilmurod Umaraliev o’z so’zida  shifokorlik eng mashaqqatli va mas’uliyatli kasb ekanliginini, bu sohada pul va moddiy boyliklar emas, adolatlilik va haqqoniylik ustuvor bo’lishini  ta’kidlar ekan, bu so’zlarni har bir xodimga, har bir bo’lajak shifokorga yetkazish, tushuntirish muhim ekanligini aytdi. Suhbatda so’ng, “Korrupsiya nima?” mavzusidagi  hujjatli videorolik namoyish etildi.    Davra suhbatida  yig’ilish ishtirokchilari tomonidan o’rinli  fikr-mulohazalar   bildirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!